
Xavi armonda qoldi
“Ayaks” himoyachisi Nikolas Talyafiko tez orada “Barselona”ga ko‘chib o‘tishni orzu qilyapti. Kataloniyaliklar ham argentinalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga qarshi emas.
Italiyalik jurnalist Fabritsio Romanoning ma’lum qilishicha, amsterdamliklar 29 yoshli o‘yinchini “Barselona”ga ijaraga jo‘natishga ko‘nmadi.
Endi Talyafikoning o‘zi klub rahbarlarini uni Ispaniya chempionatiga jo‘natishni so‘rab murojaat qilmoqda va ularni ko‘ndirishga urinib ko‘radi.
Bu futbolchi 2018 yildan beri “Ayaks” sharafini himoya qilmoqla. Joriy mavsumda u Nilerlandiya chempionatida to‘qqizta uchrashuvda qatnashib, bitta gol urishga erishdi.
Talyafikoning amaldagi shartnomasi 2023 yilning yozigacha imzolangan. Bu futbolchining transfer summasi 16 million evroga baholanmoqda.
Fikrlar