Xausenga qizil kartochka ko‘rsatilmasligi kerak edi

  • 14 sentabr, 13:45
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Hakamlar va VAR qarorlarini tahlil qiluvchi nufuzli Achivo VAR X ijtimoiy tarmog‘ida kechagi "Real Sosedad"-"Real Madrid" uchrashuvidagi qizil kartochka berilgan vaziyatni o‘rgandi.

Tecno

O‘yinning 32-daqiqasida "qirollik klubi" himoyachisi Din Xausenga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka ko‘rsatildi. Ispaniyalik futbolchi maydon markazida qarshi hujumga o‘tib ketayotgan Mikel Oyarsabalni to‘xtatib qoldi.

Archivo VAR mutaxassislari, Xausenga qizil kartochka ko‘rsatilishi xato degan to‘xtamga kelishdi. Ularning ta’kidlashicha, 20 yoshli ispan so‘ngi himoyachi emasdi, u Mikelni ushlab qolib zararsizlantirdi. Ammo bu qizil uchun asos emas.

"Bundan tashqari, hujumchi darvoza tomon burchak ostida edi, shuning uchun aniq gol urish imkoniyati haqida gapirmasa ham bo‘ladi",- deyiladi postda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!