
Xato nega aynan "Chelsi"ni tanlaganini aytdi
Shanba kuni "Chelsi" rasman "Ayaks" himoyachisi Yorrel Xatoni o‘z safiga qo‘shib olganini e’lon qildi. 19 yoshli niderlandiyalik futbolchi londonliklar safidagi yangi bosqich haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
"Men bu erda ekanimdan juda xursandman. Kelajagim haqida ko‘p o‘yladim va faoliyatimda navbatdagi qadamni qo‘ymoqchi bo‘ldim. "Chelsi" bunday rivojlanish uchun eng yaxshi joy, shuning uchun men juda baxtliman" — dedi Xato klub saytiga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Yorrel "aristokratlar" bilan etti yillik shartnoma imzoladi. Yosh bo‘lishiga qaramasdan, u "Ayaks"ning asosiy jamoasi safida 111ta uchrashuv o‘tkazgan va Niderlandiya terma jamoasida ham 6 marta maydonga tushgan.
Fikrlar