Xanchjou-2022: Osiyo o‘yinlarida kibersport bo‘yicha medallar o‘ynaladigan yo‘nalishlar tasdiqlandi

  • 14 sentabr, 2021, 21:43
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Boshqalar
CHERY AUTO

Osiyo elektron sport federatsiyasi (AESF)ning bildirgan takliflari hamda tashabbusi bilan hamda Osiyo Olimpiya Kengashi (OCA) tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi natijasida kibersport o‘yinlarining 2022-yilgi Osiyo o‘yinlari dasturidan o‘rin olishi masalasi ijobiy hal etilgan edi.

Tecno

Endilikda ushbu yangi zamonaviy sport turi bo‘yicha kiberatletlar o‘rtasida Osiyo o‘yinlari-2022ning rasmiy medallari o‘ynaladigan bo‘ldi.

AESFning mamlakatimiz hududidagi rasmiy “full” a’zosi hisoblangan Esports Uzbekistan Federatsiyasi (UESF) ushbu qaror Osiyoda kibersportning rivoji yo‘lida tashlangan katta qadam ekanligini e’tirof etadi hamda ushbu loyihani qo‘llab-quvvatlaydi.

Kuni kecha ushbu sport turida medallar o‘ynaladigan yo‘nalishlar ma’lum qilindi. Unga ko‘ra, 2022 yilgi Osiyo o‘yinlari doirasida kibersportchilar 8ta yo‘nalishda medallar uchun kurash olib borishadi. Bular:

1. Arena of Valor 

2. Dota 2

3. Dream Three Kingdoms 2

4. EA SPORTS FIFA

5. HearthStone

6. League of Legends

7. PUBG Mobile Asian Games Version

8. Street Fighter V

Quyidagi 2 yo‘nalishda esa ko‘rgazmali chiqishlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan:

1. AESF Robot Masters-Powered by Migu

2. AESF VR Sports-Powered by Migu.

Keyingi yil Xitoyning Xanchjou shahri mezbonlik qiladigan XIX yozgi Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi safida kibersportchilarning bo‘lishi va ushbu nufuzli musobaqada Team Uzbekistan a’zolari bo‘lgan kibersportchilar xalqaro maydonda munosib qatnashishi uchun Esports Uzbekistan Federatsiyasi alohida dastur ishlab chiqqan holda tayyorgarlik, seleksiya va saralash bosqichlarini o‘tkazishni boshlab yubordi.

Manba: minsport.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!