Xanchjou-2022. Bugun o‘zbekistonlik sportchilar uchta oltin, bittadan kumush va bronza medallarini qo‘lga kiritishdi

CHERY AUTO

Xitoyning Xanchjou shahrida Osiyo o‘yinlari davom etmoqda. Quyida barcha sport turlaridan onlayn natijalarni e’tiboringizga havola etib boramiz.

Tecno

XIX yozgi Osiyo o‘yinlarida yana bir ajoyib kun muxlislarni kutib turibdi. Unda baydarka va kanoeda eshkak eshish, og‘ir atletika va kurash dasturlarida, shuningdek, boks bo‘yicha Olimpiada chempioni Bahodir Jalolov, kurash bo‘yicha Osiyo o‘yinlari g‘olibi Muhsin Hisomiddinov kabi hamyurtlarimiz bahslarga kirishadi. Bugun yurtdoshlarimiz 14 ta sport turida bahs olib borishadi.

06:48. Osiyo o‘yinlarida baydarka va kanoeda eshkak eshish bahslari boshlandi. Birinchi bo‘lib baydarkachimiz Shaxriyor Mahkamov 1000 metrga kechgan dasturda qatnashdi. 3:52.568 daqiqa natija qayd etgan Mahkamov o‘z guruhida 2-o‘rin bilan finalga o‘tdi.

photo_2023-09-30_06-47-18

07:15. Vladlen Denisov ham saralashdan muvaffaqiyatli o‘tdi. Kanoeda eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi 1000 metrga kechgan bahsda 4:43.784 daqiqa natija bilan finalga yo‘l oldi.

photo_2023-09-30_07-12-19

07:30. Ekaterina Shubina hamda Arina Tanatmisheva juftligi baydarkachi qizlar o‘rtasida 500 metrga kechgan saralash bahslarida munosib ishtirok etdi. Xitoylik juftlik bilan keskin raqobat olib borgan hamyurtlarimiz kichik farq bilan mezbonlarga imkoniyatni boy berib, ikkinchi o‘rinda marra chizig‘ini kesib o‘tishdi. Bu natija final uchun etarli bo‘ldi.

photo_2023-09-30_07-30-13

07:45. Kurash bahslarida Hilola Ortiqboeva -52 kg vaznda filippinlik Sharmea Kuelino bilan nimchorak finalda to‘qnash keldi. Bellashuvda Ortiqboeva 10:0 hisobida g‘alaba qozonib, chorak finalga yo‘l oldi.

20230930072824_IMG_3717

07:54. Kurashchimiz Sitora Elmurodova -52 kg vazn toifasida qozog‘istonlik Aruzxan Adasxan bilan kuch sinashib, 5:0 hisobida zafar quchdi va chorak final masalasini hal eti.

08:08. Erkaklar o‘rtasida +90 kg vazn toifasidagi kurashchimiz Muhsin Hisomiddinov nimchorak finalda Xitoy Taypei vakili Chen Chin Xungni halol bahosi evaziga taslim etib, chorak finalga yo‘l oldi.

08:14. Erkaklar o‘rtasida -66 kg vazn toifasida hamyurtimiz Artur Shturbabin chorak finalda filippinlik Rayan Benavidesni 10:0 hisobida mag‘lub etib, yarim finalga yo‘l oldi.

20230930082213_IMG_4037

08:16. O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Artur Guliev hamda Kamron Ahtamovdan iborat kanoeda eshkak eshish bo‘yicha juftlik 500 metrga kechgan saralash dasturida muvaffaqiyatli qatnashdi. Hamyurtlarimiz 1:48.098 daqiqada o‘z guruhlarida birinchi bo‘lib finishga kelishdi va final masalasini ijobiy hal qilishdi.

photo_2023-09-30_08-11-38

08:21. Ayollar o‘rtasida -52 kg vazn toifasidagi Hilola  Ortiqboeva qozog‘istonlik To‘lganay Abeuovani 10:0 hisobida engib, yarim final yo‘llanmasiga ega chiqdi.

08:39. Kurashchimiz Sitora Elmurodova -52 kg vazn toifasida hindistonlik Pinkiy Balharani mag‘lubiyatga uchratib, yarim finalga chiqdi.

20230930080127_IMG_3772

08:50. Erkaklar o‘rtasida +90 kg vazn toifasidagi kurashchimiz Muhsin Hisomiddinov chorak finalda Iroq vakili Saad Bani bilan kurashdi va halol bahosi evaziga yarim finalni naqd qildi.

20230930081719_IMG_3992

08:50. Ayollar dasturidan so‘ng bardarkachi yigitlarimiz ham 500 metrga eshkak eshish dasturida final yo‘llanmasiga ega bo‘lishdi. Denis Onufriev hamda Ozodjon Amriddinov juftligi saralashda 1:38.285 daqiqada uchinchi bo‘lib marraga etib keldi va finalchilar qatoridan joy oldi.

photo_2023-09-30_08-00-33

09:10. Incheon-2014 Osiyo o‘yinlari g‘olibi Ekaterina Voronina yana bir chempionlik sari yurishini boshladi. Engil atletikaning ko‘pkurash dasturida qatnashayotgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi 100 metrga to‘siqlar osha yugurish yo‘nalishida 14.47 soniya natija qayd etib, o‘z hisobiga 912 ochko yozib qo‘ydi.

Shuningdek, u balandlikka sakrash dasturida 1.82 metr bilan 1003 ochkoga ega bo‘ldi. Qayd etish joiz, Voronina har ikki dasturda mavsumdagi eng yaxshi natijasini ko‘rsatdi.

photo_2023-09-30_09-09-42

10:40. Osiyo o‘yinlari doirasida trek bahslari poyoniga etdi. Afsuski, O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari mazkur yo‘nalishda shohsupaga ko‘tarila olishmadi.

Hamyurtlarimiz 2 dasturda sovrinli o‘rinlarga yaqin kelishdi. Margarita Misyurina ochkolar poygasida, shuningdek, ayollar o‘rtasidagi medison dasturida jamoamiz to‘rtinchi bo‘ldi. Aleksey Fomovskiy esa ochkolar poygasi yo‘nalishida beshinchi natijani qayd etdi.

Endi hamyurtlarimiz 3-5 oktyabr kunlari shossedagi poygalarda medallar uchun kurash olib boradilar.

photo_2023-09-30_10-37-06

11:04. Kurash bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Artyom Shturbabin finalga yo‘l oldi. -66 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan hamyurtimiz yarim finalda janubiy koreyalik Jae dong Kvonni halol bahosi evaziga mag‘lubiyatga uchratdi.

Endi hamyurtimiz finalda eronlik Vohid Barimanlou Majidga qarshi bahs yuritadi.

11:14. -52 kg vazn toifasida Hilola Ortiqboeva yarim finalda turkmanistonlik Aynur Amanovani halol bahosi evaziga mag‘lub etib finalga yo‘l oldi.

11:24. Yana bir hamyurtimiz Sitora Elmurodova yarim finalda Tailand vakili Xompklin Txa bilan kurashdi. Vakilamiz bahsda g‘alaba qozonib, finalga chiqdi.

Endi hal qiluvchi bellashuvda o‘zbekistonlik ikki kurashchi Hilola Ortiqboeva va Sitora Elmurodova o‘zaro kuch sinashadi. Bu orqali terma jamoamiz delegatsiyasi hisobiga oltin va kumush medallari naqd.

11:35. Erkaklar o‘rtasidagi +90 kg vazn toifasidagi Muhsin Hisomiddinov ham tailandlik Ye On Kunatip bilan bahs olib bordi. Bellashuvda vakilimiz g‘alaba qozonib finalga yo‘l oldi. Muhsin Hisomiddinov Osiyo o‘yinlarida ikkinchi bor hal qiluvchi bellashuvga chiqmoqda.

20230930085711_IMG_4176

11:52. -66 kg vazn toifasida hamyurtimiz Artyom Shturbabin finalda eronlik Vohid Barimanlou Majidga qarshi bahs yuritdi. Vakilimiz hal qiluvchi bellashuvda raqibidan ustun kelib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Shu tariqa, Artyom Shturbabin O‘zbekiston sport delegatsiyasiga sakkizinchi oltin medalni taqdim etdi.

11:56. -52 kg vazn toifasidagi kurashda o‘zbekcha final. O‘zbekistonlik Hilola Ortiqboeva yana bir hamyurtimiz Sitora Elmurodovaga qarshi bahs yuritdi. Finalda Hilola halol bahosi bilan g‘alaba qozonib, oltin medalga ega chiqdi. Sitora esa kumush medalni qo‘lga kiritdi.

12:05. Erkaklar o‘rtasidagi +90 kg vazn toifasidagi finalda Muhsin Hisomiddinov turkmanistonlik Tejen Tejenov bilan bahs olib bordi. Hal qiluvchi bellashuvda Muhsin Hisomiddinov g‘alaba qozonib, terma jamoamizga navbatdagi oltin medalni olib keldi. Shu tariqa, Hamyurtimiz ikkinchi bor Osiyo o‘yinlari g‘olibiga aylandi.

photo_2023-09-30_12-06-23

12:33. -57 kg vaznli bokschimiz Abdumalik Halakov Vetnam vakili Von Duong Nguenga qarshi bahs yuritdi. Kutilganidek, yurtdoshimiz uch raund raqibiga "master-klass" o‘tib berdi va xaqli ravishda 5:0 hisobida g‘alaba qozonib, chorak finalga yo‘l oldi. U navbatdagi bosqichda filippinlik Karlo Paalamga qarshi ringga ko‘tariladi.

abdumalik-20_2

13:45. Chim ustida xokkey bahslarida erkaklar terma jamoamiz to‘rtinchi o‘yinni Bangladeshga qarshi o‘tkazib, 2:4 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Hindistonga 16:0, Yaponiyaga 10:1, Pokistonga 18:2 hisobida yutqazgan vakillarimiz oxirgi o‘yinni 2 oktyabr kuni Singapurga qarshi o‘tkazadi.

14:30. Suv polosi bo‘yicha ayollar terma jamoamiz 5-turda Singapurga qarshi bahs olib bordi. Ammo hamyurtlarimiz 11:14 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Terma jamoamiz Xitoyga 33:5, Tailandga 17:11, Yaponiyaga 37:7 va Singapurga 14:11 hisobida engildi. Faqatgina Janubiy Koreya 18:8 hisobida mag‘lub etildi. Endi vakillarimiz musobaqadagi oxirgi o‘yinini 1 oktyabr kuni Qozog‘istonga qarshi o‘tkazadi.

14:40. Futbol bo‘yicha ayollar o‘rtasida O‘zbekiston - Xitoy Taypeyi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Ekstra taymlarga murojaat qilingan o‘yinda hamyurtlarimiz 2:1 hisobida g‘alaba qozonib, yarim finalga yo‘l olishdi. 

photo_2023-09-30_13-14-31

16:15. Ayollar terma jamoamiz 3x3 basketbol musobaqasining chorak finalida Tailand bilan kuch sinashdi. Bellashuvda vakillarimiz 7:19 hisobida imkoniyatni boy berib, Osiyo o‘yinlaridagi ishtirokini shu boschiqda yakunladi.

Ma’lumot o‘rnida, Ilk uchrashuvda Hindiston (19:14) taslim etildi, ikkinchi o‘yinda esa Xitoydan (4:21) engildi.

16:40. Boks bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi a’zosi Nigina O‘ktamova Osiyo o‘yinlarining yarim finaliga yo‘l oldi. Quvonarlisi, -54 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan hamyurtimiz ushbu bosqichga yo‘l olish bilan birga Parij-2024 Olimpiadasi yo‘llanmasiga ham ega chiqdi. O‘ktamova shiddatli ruhda kechgan chorak final jangida yaponiyalik Rinka Kinoshitadan ustun keldi.

photo_2023-09-30_09-43-47 (2)

17:35. Engil atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi delegatsiyamizga dastlabki medalni taqdim qildi. Unga Suhrob Xodjaev mualliflik qildi. Bosqon uloqtirish sektorida qatnashgan hamyurtimiz 70.79 metr natija qayd etdi. Ushbu dasturda oltin va kumush medallari Xitoy va Qatar vakillariga nasib etdi.

photo_2023-09-30_17-33-28

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!