
Xalqaro Paralimpiya qo‘mitasi prezidenti O‘zbekistonning turizm salohiyatini yuqori baholadi
Avval xabar berganimizdek, Xalqaro Paralimpiya qo‘mitasi prezidenti Endryu Parsonsning yurtimizga tashrif buyurdi. Martabali mehmon kecha ko‘hna Samarqand shahrida bo‘ldi.
Parsons janoblari Sharq gavhari deya ta’riflanadigan Samarqand shahridagi ko‘plab tarixiy obidalar, jumladan Registon ansambli, Ulug‘bek rasadxonasini borib ko‘rdi.
Bundan tashqari, Xalqaro Paralimpiya qo‘mitasi prezidenti milliy xunarmandchilik na’munalari va xalq amaliy san’ati bilan tanishdi. U bunday mehmondo‘stlikdan juda ham mamnunligini bildirar ekan, O‘zbekistonning turizm salohiyati naqadar yuqori ekanini alohida ta’kidladi.
Shu tariqa, Endryu Parsonsning yurtimizga tashrifi o‘z yakuniga etdi. Martabali mehmon bugun Toshkent xalqaro aeroportidan tantanali kuzatildi.
Fikrlar