Xabib Nurmagomedov: "Urish, bo‘g‘ish, sindirish kerak"
UFC ning engil vazn toifasidagi chempioni rossiyalik Xabib Nurmagomedov amerikalik Toni Fergyuson bilan jangga qanday tayyorlanishini aytib berdi.
Men shunchaki ko‘proq mashq qilaman. Raqib kuchli va xavfli. Ichimda olov paydo bo‘lganini xis qilyapman. Avvalgi janglardan beri tayyorgarlikda hech narsa o‘zgarmadi. Bu MMA, bu erda jang qilish, urish, bo‘g‘ish, sindirish kerak. Faqat yondashuv o‘zgarishi mumkin. Biz ko‘proq professional bo‘lishimiz lozim. Insonning imkoniyatlariga cheklovlar yo‘q.
Eslatib o‘tamiz: Nurmagomedov faoliyati davomida mag‘lubiyatsiz 28 ta g‘alabani qo‘lga kiritdi. Fergyusonda esa, 25 ta jang bo‘lib, uchta mag‘lubiyat ham o‘rin olgan.



Fikrlar