
Xabib Nurmagomedov Rossiyaning eng omadli sportchisi, Dzyuba esa...
Dunyoga mashhur Forbes jurnali 40 yoshgacha bo‘lgan eng omadli rossiyalik sportchi va shou-biznes vakillaridan iborat reytingni tuzib chiqdi.
Ushbu reytingning eng yuqori pog‘onasidan MMA jangchisi Xabib Nurmagamedov joy oldi. Futbolchilar orasida esa eng yuqori o‘rinda “Zenit” forvardi Artyom Dzyubaga teng keladigani topilmadi. 40 mingdan ko‘proq ovoz olgan Rossiya terma jamoasi hujumchisi umumiy reytingda 13-o‘rinda qayd etildi.
“Selta”da o‘ynayotgan Fyodor Smolov va “Monako”da o‘ynayotgan Aleksandr Golovin keyingi o‘rinlarni egalladi.
Fikrlar