Xabi Alonso "Manchester Siti"dan uchralgan mag‘lubiyatning asosiy sabablarini aytdi!
"Manchester Siti"ga qarshi 1:2 hisobidagi mag‘lubiyatdan so‘ng "Real Madrid" bosh murabbiyi Xabi Alonso o‘z fikrlarini bildirdi.
"O‘ylaymanki, ayblaydigan tomonimiz bor. O‘yinni yaxshi boshladik, lekin ba’zi vaziyatlarda kichik xatolar juda og‘riqli bo‘ldi. Biz gol urganimizdan 10 daqiqa o‘tmasidan raqib hisobni tenglashtirdi. O‘sha paytlarda o‘yinni unchalik nazorat qila olmadik, lekin keyin yana nazoratni qaytardik. Harakatlarimiz etarlicha nozik emasdi, ammo o‘yinchilarni ayblamayman", – dedi Alonso.

Shuningdek, u jamoadagi ko‘plab jarohatlar vaziyatga ta’sir qilayotganini ta’kidladi:
"Hozirgi kabi nozik holatda, juda ko‘p jarohatlar bilan o‘yinchilar o‘zlarini ishonchsiz his qiladilar. Shu bois "shaharliklar" vaziyatni tezda o‘z foydalariga o‘zgartirdi – ular kuchli. Biz ko‘p gol o‘tkazmadik, lekin shu etarli bo‘ldi. Imkoniyatlar bo‘ldi, lekin foydalana olmadik", – dedi bosh murabbiy.

Kelajagiga oid savollarga javob bergan Alonso bu mavzuda hozir mantiq yo‘qligini qo‘shimcha qildi:
"Mening kelajagim? Bu haqda gapirish vaqti emas. Mening e’tiborim keyingi o‘yinda. Eng muhimi – shu", – deya fikr bildirdi Xabi Alonso.



Fikrlar