
Xabi Alonso: "Irqchilikka qarshi tegishli organlar chora ko‘rishi kerak"
"Real Madrid" bosh murabbiyi Xabi Alonso Vinisius va Mbappega tribunalardan qilingan haqoratlar haqida gapirdi.
"Biz qaerga borishimizdan qat’i nazar, raqobatbardosh muhit kutyapti, deb umid qilamiz va vaziyatlarga to‘g‘ri javob berishimiz kerak. Ayrim stadionlarda noxush holatlar ro‘y berishi mumkin.
So‘z irqchilik haqida borar ekan, bu ishga tegishli organlar aralashishi shart. Ammo biz uchun eng muhimi – maydonda nima bo‘layotganiga e’tibor qaratish", — deya qo‘shimcha qildi ispaniyalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, "qirollik klubi" navbatdagi uchrashuvini ertaga Toshkent vaqti bilan 00:30’da "Espanol"ga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar