Xabi Alonso: Hamma o‘z ishini bajarsin!

  • 4 iyun, 06:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real”ni yangi mavsumga tayyorlayotgan Xabi Alonso jamoa tarkibini tuzishda va futbolchilarni joylashtirishda qat’iy tartibga amal qilinishini bildirdi.

Tecno

Xususan, ispaniyalik murabbiy jamoaning universal o‘yinchisiga aylanib qolgan Orelen Tchuameni bo‘yicha o‘z qarashlarini ma’lum qildi.

Karlo Anchelotti himoya chizig‘i vakillari ko‘p jarohatlangani bois, frantsiyalik yarim himoyachini orqa chiziqda o‘ynatib kelgandi. Buning oqibatida Orelen Tchuameni juda ko‘p marotaba tanqidlarga nishona bo‘ldi.

Marca nashri  jurnalistlarining aniqlashicha, Xabi Alonso Orelen Tchuamenini himoyada o‘ynatmaslikka qaror qilgan. Yangi murabbiy fikricha, har bir futbolchi o‘z pozitsiyada o‘ynashi va harakatlarini jamoa manfaatiga yo‘naltirishi shart.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!