
"WR Chess Masters": Nodirbek Abdusattorov navbatdagi mag‘lubiyatini qabul qilib oldi, uning keyingi raqibi Gukesh (natijalar, juftliklar, jadval)
Germaniyaning Dyuseldorf shahrida shaxmat bo‘yicha A klassdagi "WR Chess Masters" turniri bo‘lib o‘tmoqda.
21 fevral kuni o‘tkazilgan 5-turda hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov germaniyalik Vinsent Keymerga qarshi qora donalarda harakat qilib, afsuski mag‘lub bo‘ldi.

Bugun, 22 fevral 6-turda Nodirbek yana qora donalarda hindistonlik Gukeshga qarshi o‘ynaydi.

5-tur yakuniga ko‘ra, 4 ochko jamg‘argan AQSh vakili Levon Aronyan turnir jadvalida peshqadamlik qilayotgan bo‘lsa, bir xil 3 ochkodan jamg‘argan AQShlik Uesli So va Hindiston vakili Gukesh kuchli uchlikda bormoqda. Mag‘lubiyatdan so‘ng Nodirbek 9-o‘ringa tushub ketdi.

Fikrlar