VXL. "Humo" mag‘lubiyatlar seriyasiga chek qo‘ydi

  • 25 yanvar, 2020, 21:15
  • 0
  • Xokkey
CHERY AUTO

Toshkentning "Humo" jamoasi safar uchrashuvlari seriyasidan o‘rin olgan to‘rtinchi bahsini Voronej shahrida "Buran" jamoasiga qarshi o‘tkazdi va 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Tecno

Shu tariqa, Evgeniy Popixin shogirdlari 3 bahsdan iborat mag‘lubiyatli seriyaga yakun yasashdi. Toshkentliklar bundan avval "Zvezda"ga (0:3),  "Ximik" jamoasiga (2:4) va "Tambov"ga (1:3)  imkoniyatni boy bergan edilar.

"Qanotlilar" birinchi konferentsiyada 47 o‘yindan so‘ng 53 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalining 7-o‘rnini egallab turibdi. "Buran" hisobida esa 42 ochko mavjud va ular jadvalning 11-pog‘onasidan joy olishgan.

Ma’lumot uchun, "Humo" o‘zining kelgusi o‘yinini 27 yanvar kuni "Rostov"ga qarshi safarda o‘tkazadi.

1:0 — Raisov Aslan (Klyauzov Ilya, Kovalyov Ivan), 5.21

1:1 — Valuyskiy Semyon (Sorokin Vsevolod, Zdunov Pavel), 19.46

1:2 — Voronin Artyom (Sorokin Vsevolod, Zdunov Pavel), 42.51

Darvozabonlar: Isaev Daniil - Smiryagin Roman.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!