
VXL. "Humo" iroda ko‘rsatdi
Toshkentning "Humo" jamoasi safar uchrashuvlari seriyasidan o‘rin olgan so‘nggi, beshinchi bahsini Rostov-na-Donu shahrida mahalliy "Rostov" jamoasiga qarshi o‘tkazdi va 2:1 hisobida zafar quchdi.
8-daqiqada Vladislav Tunik jamoasi son jihatdan ozchilikda qolganiga qaramay Roman Smiryagin qo‘riqlayotgan darvozani ishg‘ol etib, hisobni ochdi. 16-daqiqada Artyom Voronin va Arseniy Eroxinlarning uzatmalaridan so‘ng "qanotlilar" to‘purari Evgeniy Grigorenko muvozanatni tiklashga erishdi.
34-daqiqada Evgeniy Popixin shogirdlari son jihatdan ustunlikdan unumli foydalanishga erishdilar. Evgeniy Grigorenko va Vsevolod Sorokinlarning uzatmalaridan so‘ng Semyon Valuyskiy raqib darvozasiga shaybani joylab qo‘ydi.
Shu tariqa, toshkentliklar hisobidagi ochkolar soni 55 taga etdi va jamoa birinchi konferentsiyada 7-o‘rindan mustahkam joy oldi. 39 ochkosi bor "Rostov" esa 39 ochko jadvalning 14-pog‘onasidan joy olgan.
1:0 — Tunik Vladislav, 7.39 son jihatdan kamchilikda
1:1 — Grigorenko Evgeniy (Eroxin Arseniy, Voronin Artyom), 15.22
1:2 — Valuyskiy Semyon (Sorokin Vsevolod, Grigorenko Evgeniy), 33.57 son jihatdan ustunlikda
Darvozabonlar:Kudashev Danil - Smiryagin Roman.
Fikrlar