"Vulverxemton" klubi bosh murabbiyini ishdan bo‘shatdi

  • 3 oktabr, 2022, 00:06
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Vulverxempton" jamoasi bosh murabbiy Bruno Lajeni iste’foga chiqarishga qaror qildi, deb xabar berdi ingliz klubi matbuot xizmati.

Tecno

"Biz Bruno va uning yordamchilariga klubda ishlaganliklari uchun minnatdorchilik bildirmoqchimiz va ularga eng yaxshi tilaklarni tilaymiz", - deyiladi "bo‘rilar" klubining bayonotida.

Mavsumning dastlabki 8 uchrashuvda  “Vulverxemton” atigi bitta g‘alabaga erishdi. Jamoa hozirda 6 ochko jamg‘arib, quyi ligaga tushib ketish zonasida turibdi.

"Vulverxempton" yozda tarkibni kuchaytirish uchun 100 million funt sarfladi. Ammo natijalar juda yomon.

Ma’lumot o‘rnida, "bo‘rilar" navbatdagi o‘yinini 8 oktyabr kuni "Chelsi"ga qarshi safarda o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!