Voytsex Shensni "Osasuna"ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi
"Barselona" La Liganing navbatdagi turida "Osasuna" bilan bahs olib boradi. Mazkur bellashuv uchun kataloniyaliklarning kengaytirilgan tarkibi e’lon qilindi.
Darvozabon Voytsex Shensni qaydnomaga kiritilmadi. Kataloniya klubi matbuot xizmatining xabar berishicha, polshalik futbolchi gastroenterit tufayli tarkibdan chetlatilgan.
Eslatib o‘tamiz, "Barselona" va "Osasuna" o‘rtasidagi o‘yin Toshkent vaqti bilan soat 22:30 da boshlanadi.




Fikrlar