
Voyneski: "Har bir futbolchi bu bahs yutish zarur bo‘lgan uchrashuv ekanini tushunib turibdi"
Xabaringiz bor, ertaga "Paxtakor" OChL guruh bosqichi 5-turidan o‘rin olgan bahsda "Sepaxon"ga qarshi maydonga tushadi. Bugun o‘yin oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida jamoa bosh murabbiyi Slavche Voyneski va hujumchi Oliver Sharkich ishtirok etdi.
"Barcha jamoalar uchun qiyin o‘yinlar bo‘lib o‘tadi. Birinchi bahs hujumkor va qiziqarli kechgandi. Raqibimiz kuchli, biz ertaga faqat yutuq uchun maydonga chiqamiz.
Xatolarimizni bilamiz. Ular ustida ishlashga intilyapmiz. Har bir o‘yin boshqa stsenariyda kechdi. Ertaga qanday o‘ynashimizni bellashuvda ko‘rib olamiz.
Cheran jarohat tufayli safdan chiqqan. Uning safga qaytishi uchun barcha harakat qilinmoqda. Har bir futbolchi bu bahs yutish zarur bo‘lgan uchrashuv ekanini tushunib turibdi. Har bir o‘yinchi bunga tayyor", - dedi murabbiy.
Fikrlar