
Volkanovski UFC tarixidagi eng yaxshi yarim engil vazn toifasidagi jangchi kimligini aytdi
Yarim engil vazn toifasida sobiq UFC chempioni Aleks Volkanovski promoushen tarixidagi eng yaxshi yarim engil vazn toifasidagi jangchi kimligini aytdi.
“Men Joze Aldo nomini aytaman, chunki u uzoq vaqt chempionlik unvonini egallab turgan. U kutilmagan qiyinchiliklarga duch kelib, jarohatlar bilan kurashishi kerak bo‘lganda ham, baribir chempionlikni saqlab qolgandi. Aldoga qoyil !!!", - deya Volkanovski so‘zlarini keltiradi MMA Fighting.
Eslatib o‘tamiz, Aldo(31-8) o‘zining navbatdagi jangini 5 may kuni "UFC 301" turnirida o‘tkazadi. Braziliyalik jangchining raqibi amerikalik Jonatan Martines(19-4) bo‘ladi.
Fikrlar