
"Vodiy derbilari"da hozircha kim ustun, "Navbahor"mi yoki "Neftchi"?
"Andijon" ortda qolgan turda "Neftchi" bilan durang o‘ynashga muvaffaq bo‘ldi. "Burgutlar" endi o‘z maydonida yana bir "Vodiy derbisi"ni o‘tkazadi, "Navbahor" Andijonga tashrif buyuradi.
Biz esa hozirga qadar "Vodiy derbilari"da kim yaxshiroq natija qayd etayotganini ushbu kanalda hisoblab chiqdik! Unga ko‘ra, natijalar hozircha shunday ko‘rinishda:
"Navbahor" - 3 o‘yinda 7 ochko. (1-davrada Neftchi bilan durang, Turon va Andijon mag‘lub etilgan. 2-davrada klub hali Vodiy derbisida qatnashmadi).
"Neftchi" - 4 o‘yinda 6 ochko. (2-davrada Andijon bilan durang. 1-davrada Andijon mag‘lub etilgan, Turon va Navbahor bilan durang).
"Andijon" - 4 o‘yinda 4 ochko. (2-davrada Neftchi bilan durang. 1-davrada Turon mag‘lub etilgan, Neftchi va Navbahorga yutqazilgan).
"Turon" - 3 o‘yinda 1 ochko. (1-davrada Neftchi bilan durang, Andijon va Navbahorga yutqazilgan. 2-davrada klub hali Vodiy derbisida qatnashmadi).
Fikrlar