Vlado Radmanovich: "Finalda Eron bilan imkoniyatlar 60 ga 40, bizning foydamizga!"

  • 17 iyun, 2023, 23:11
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"CAFA Nation's Cup" turniri guruh bosqichidan o‘rin olgan o‘yinda O‘zbekiston terma jamoasi Tojikistonni yirik 5:1 hisobida mag‘lub etdi. Mazkur uchrashuvdan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida O‘zbekiston termasi yordamchi murabbiyi Vlado Radmanovich ishtirok etdi. 

Tecno

"Hammaga xayrli kech! Bugun g‘alabaga haqli o‘yin namoyish etdik. Ilk taymda yomon o‘yin ko‘rsatgan bo‘lsakda, ikkinchi bo‘limda xatolarni to‘g‘rilashga muvaffaq bo‘ldik. 

Tarkibda ko‘plab futbolchilarga imkon berilganini ham aytib o‘tmoqchiman. Ular bugun ajoyib harakat qilishdi. 

Biz Katanets bilan doimiy aloqadamiz. Uning o‘g‘li bilan gaplashganimizda, murabbiyning ahvoli ancha yaxshi ekanini aytib o‘tdi. Umid qilamizki, Katanets finalgacha tarkibga qaytadi. 

Biz Eron haqida etarli ma’lumotga egamiz. Sababi, Iroq termasi safida murabbiy sifatida ularga qarshi 3 ta o‘yin o‘tkazganmiz. Imkoniyatlarni baholaydigan bo‘lsam, 60 ga 40. Ustunlik qisman biz tarafda, deya olaman", - dedi mutaxassis.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!