Vitaliy Levchenko: "Oxirgi daqiqada g‘alabani boy berish istalgan murabbiyga alam qiladi"

  • 16 aprel, 13:47
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

O‘zbekiston kubogi, “E” guruhi, 1-turidan o‘rin olgan “Navbahor” – “Neftchi” (1:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko qatnashib, jurnalistlarning savollariga javob berdi. 

Farg‘onaliklar ustozi odatdagidek, o‘z so‘zini bellashuv haqidagi fikrlari bilan boshladi.   

- O‘yin yuqori bosim ostida o‘tdi. Ikkita kuchli jamoalar. Birinchi bo‘lim Farg‘onada bo‘lib o‘tgandi, bugun ikkinchi bo‘limni kuzatdik. Bugun muxlislar uchrashuvdan zavq olishdi. Hisob maydonda yuz bergan voqealarni aks ettirdi.

- Bugun Jamshid Iskanderov nisbatan orqaroqda o‘ynadi. Bu taktika bilan bog‘liqmidi?

- Raqib shunga majbur qildi. Aslida bunday ko‘rsatma bo‘lmagandi. O‘yin shuni taqozo etdi.

- Natija va jamoangiz o‘yinidan qoniqdingizmi?

- Jamoa o‘yinidan qoniqdim. O‘yin ikkiga bo‘lindi: qizil kartochkagacha va chetlatishdan keyingi. Oxirgi daqiqada g‘alabani boy berish istalgan murabbiyga alam qiladi. G‘alabani saqlab qola olmaganimiz biroz alam qildi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!