Virts 7, Frimpong 30, Kerkez 6 - "Liverpul" yangi futbolchilarning raqamlarini elon qildi

  • 1 avgust, 13:45
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Premer-liganing amaldagi  g‘olibi "Liverpul" yangi mavsum uchun sotib olgan futbolchilarining raqamlarini elon qildi.

Tecno

Unga ko‘ra, darvozabon Georgiy Mamardashvili 25, Frederik Vudman 28, Armin Pechi 41-raqamda harakat qiladi. Bundan tashqari, himoyachilar Milosh Kerkez 6, Jeremi Frimpong 30, Konor Bredli 12 raqam ostida maydonda harakat qiladi. Jamoaning eng katta haridi Florian Virts Luis Dias ketganidan keyn bo‘sh qolgan 7-raqamini tanladi. Klub tarbiyalanuvchisi Trey Noni 42 raqamda to‘p tepsa, markaziy hujumchi Yugo Ekitike 22 raqamni o‘ziniki qildi.

Ma’lumot uchun, "Liverpul" yangi mavsumdagi ilk o‘yinini 15 avgust kuni o‘z maydonida "Bornmut"ga qarshi o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!