Vinisius: Yamal qanisan, qani endi gapir!

  • 26 oktabr, 22:54
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya chempionatining o‘ninchi turida “Real” o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida amaldagi chempion “Barselona”ni qabul qilib, qiyin o‘tgan uchrashuvda 2:1 hisobida zafar quchdi.

Tecno

Madridliklarning gollariga Kilian Mbappe va Jud Bellingem mualliflik qilgan bo‘lsa, kataloniyaliklarning yagona javob to‘pini Fermin Lopes kiritdi.

Uchrashuvdan keyin “Real” futbolchilaridan Dani Karvaxal va Vinisius Junior raqib futbolchisi Lamin Yamal bilan orani ochiq qilishga urindi. Gap shundaki, “Barselona”ning 18 yoshli futbolchisining “Real” haqidagi gaplari oraga sovuqchilik tushirgan edi.

- Yamal sen ko‘p gapirayotgan eding, qani endi nima deysan?, - dedi Vinisius Junior o‘yindan keyin kataloniyaliklar etakchisiga.

Ta’kidlash joizki, uchrashuvning oxirida har ikki jamoa vakillar  o‘rtasida janjal ham bo‘lib o‘tdi. To‘polonda o‘zini ko‘rsatgan “qahramon”lardan biri Vinisius Junior bo‘ldi. Braziliyalik yulduzni tinchlantirish uchun bosh murabbiy Xabi Alonso ham aralashishiga to‘g‘ri keldi.

“El-klasiko”dagi muhim g‘alabadan keyin madridliklar jamg‘argan ochkolari soni  27 taga etkazib oldi. “Barselona” endi raqibdan besh ballga ortda qolmoqda.   

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!