
Vinisius "Siti"dan uchralgan mag‘lubiyat sababini aytdi
Vinisius Junior “Real”ning “Manchester Siti”dan uchralgan sharmandali mag‘lubiyatini izohladi.
Eslatib o‘tamiz, kecha ushbu jamoalar Chempionlar ligasi yarim finalining javob uchrashuvini o‘tkazishdi va unda “Siti” 4:0 hisobida g‘alaba qozonib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
“Biz Anchelotti so‘ragan narsani bajara olmadik. "Manchester Siti"ga qarshi o‘ynash esa har doim qiyin bo‘lgan.
Bu biz yomon o‘ynadik degani emas, shunchaki biz ajoyib jamoaga qarshi o‘ynadik”, - dedi braziliyalik futbolchi.
Fikrlar