
Vinisius "Real" safida oxirgi 4 o‘yinda 4 ta gol urdi
"Real"ning yosh yulduzi Vinisius Junior La Liganing 4-turida "Selta"ga qarshi o‘yinda (5:2) bitta gol urdi.
Bu gol 21 yoshli braziliyalikning maydonda 4 o‘yin, ya’ni 224 daqiqada urilgan to‘rtinchi goli bo‘ldi.
Qolaversa, yarim himoyachi o‘z rekordini yangiladi. Oldin Vinisius bir mavsumdagi ketma-ket o‘yinlarda 3 tadan ortiq gol urmagan. Shu bilan birga, futbolchi raqiblari darvozasiga 10 ta zarba berdi, shundan 7 tasi nishonga aniq etib bordi. Darvozaga berilgan zarbalarning 57,14 foizi gol bilan yakunlandi.
Ma’lumot uchun, Vinisius Junior 2018 yil yoz oyidan buyon "qirollik klubi"da to‘p tepmoqda. Futbolchi "Real" safida 122 o‘yinda maydonga tushib, 18 ta gol va 24 ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar