Vinisius ortga chekindi, bunga to‘rt sabab bor
“Real” klubining braziliyalik hujumchisi Vinisius Junior kelajagi borasida pozitsiyasini o‘zgartirishga majbur bo‘ldi. Endi klub bilan hamkorlik masalasida ijobiy o‘zgarishlar bo‘lishi kutilmoqda.
Mundo Deportivo nashrining ma’lum qilishicha, 25 yoshli hujumchi klub bilan yangi bitim tuzish bo‘yicha o‘z talablarini yumshatadigan bo‘ldi.
Avval, Vinisius maosh masalasida Kilian Mbappe bilan bir xil darajada bo‘lishni talab qilib kelayotgan edi. Braziliyalik yulduz hozirgi maoshini kamida ikki baravar oshirib, har bir mavsum uchun 30 million evro so‘ragan.
Endi u pastroq maosh olishga ham roziligi aytilmoqda va bunga to‘rt sabab keltirildi. Unga ko‘ra, Vinisiusining sport formasi pasaygani, top-klublardan aniq taklifning yo‘qligi, “Real”da o‘sish va “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritish imkoni yuqori ekanini tushunib etgani, bosh murabbiy Xabi Alonso bilan keskinlik yumshagani futbolchining fikrini o‘zgarishida muhim omil bo‘lgan.
Vinisius Juniorning amaldagi shartnomasi 2027 yilning yarmigacha davom etishi belgilangan. Klub o‘z hujumchisi bilan hamkorlikni kamida 2030 yilning yozigacha uzaytirmoqchi.



Fikrlar