Viniga irqchilik qilganlar qamaldi

  • 10 iyun, 2024, 20:05
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

La Liga rahbari Vinisius Juniorga nisbatan irqchilik ishi bo‘yicha chiqarilgan hukm haqida gapirdi. Ispaniyada futbol o‘yini chog‘ida irqchilik bo‘yicha birinchi marta sud hukmi chiqarildi.

Tecno

Bugun sud “Valensiya”ning uch muxlisini 2023-yil may oyida “Mestalya”da bo‘lib o‘tgan o‘yinda “Real” qanot hujumchisiga nisbatan irqchilik xatti-harakatlarda aybdor deb topdi va ular sakkiz oylik qamoq jazosiga hukm qilindi. Bundan tashqari ular ikki yilga o‘yinlarga tashrif buyurish huquqidan mahrum qilindi.

“Bu hukm Ispaniyada rasizmga qarshi kurash uchun ajoyib yangilik. Bu qaror Vinisiusga etkazilgan zararni qopladi va stadionga irqchilik bilan shug‘ullanadigan muxlislar uchun yaxshi misol bo‘ldi. Endi La Liga unaqalarni topadi, politsiyaga xabar beradi va ular qonun oldida javob beradi”, - dedi Xavier Tebas.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!