
Vertongen "Benfika" bilan muzokaralar o‘tkazmoqda
Himoyachi Yan Vertongen faoliyatini Portugaliyada davom ettirishi mumkin. Bu haqda TuttoMercatoWeb nashri xabar tarqatmoqda.
33 yoshli belgiyalik futbolchini “Benfika” o‘z safida ko‘rmoqchi. Vertongen o‘z instagramdagi sahifasiga Portugaliyada tushgan suratini joylashtirgach, mahalliy OAV uni “Benfika” bilan muzokaralar olib borayotgani haqida yoza boshlagan.
Joriy yoz Vertongenning “Tottenxem” bilan amaldagi shartnomasi o‘z yakuniga etdi va u hozir erkin agent hisoblanadi. Unga “Roma” va “Fiorentina”dan ham takliflar bor.
Fikrlar