
Veronika Kudermetova: Xayr Gollandiya!
Rossiyalik Veronika Kudermetova Gollandiyada o‘tayotgan "Libema Open" musobaqasining yarim finalida o‘z ishtirokini yakunladi.
Yakkalik bahslarining mazkur bosqichida Vika amerikalik Elison Riskega 4:6, 6:3, 6:7 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Shu tariqa Riske endi bosh sovrinni qo‘lga kiritish uchun mezbonlar vakili Kiki Bertens, yoki qozog‘istonlik Elena Ribakina bilan raqobatlashadigan bo‘ldi.
Fikrlar