Velosportchilarimiz Hindiston va Xitoyga yo‘l olishdi

BEPUL PROPAN

O‘zbekiston velosiped sporti federatsiyasi milliy terma jamoaning 1 nafar murabbiyi hamda 2 nafar o‘smir sportchini xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazish uchun Hindistonga jo‘natdi.

Delegatsiyamiz joriy yilning 11 sentyabr kuniga qadar Hindistonda bo‘lib o‘tadigan xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida velosiped sporti bo‘yicha o‘z maxoratlarini oshirib boradilar. Undan ko‘zlangan maqsad o‘smirlardan iborat bo‘lgan milliy terma jamoani 2022, 2024 va 2028 yilgi yozgi Olimpiya o‘yinlariga bosqichma-bosqich tayyorgarlik ko‘rishlariga xizmat qiladi.

Shuningdek, 1 nafar murabbiy va 3 nafar sportchi Pekin shahrida bo‘lib o‘tadigan xalqaro musobaqada ishtirok etish uchun Xitoy davlatiga jo‘nab ketdi. Shu bilan birga mazkur delegatsiya joriy yilning 4-9 sentyabr kunlari Rossiyaning Omsk shahrida bo‘lib o‘tadigan xalqaro musobaqada hamda 9-11 sentyabr kunlari Hindiston davlatida bo‘lib o‘tadigan trek yo‘nalishidagi Osiyo kubogida ham ishtirok etadilar.

Axamiyatli tomoni shundaki ushbu xalqaro musobaqalar sportchilarimizga Tokio 2020 Olimpiya o‘yinlariga qimmatli reyting ballarini  taqdim etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!