
Velosport. Vakillarimiz Qozog‘istonda shoxsupaga ko‘tarilishdi
Qozog‘istonda velosportning trek yo‘nalishi bo‘yicha “Silkway Series Astana I” musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda. Turnirning ortda qolgan kunida “Tashkent Track Team” jamoasi shohsupaga ko‘tarildi.
Hamyurtlarimiz ayollar o‘rtasidagi medison dasturida sovrindorlar qatoridan joy olishdi. Margarita Misyurina hamda Ekaterina Knebeleva juftligi shiddatli kurashlarga boy kechgan poygada kumush medalga sazovor bo‘ldilar. Ushbu natija orqali sportchilarimiz Parij-2024 Olimpiadasi yo‘lida qimmatli reyting ochkolarini jamg‘arishga erishishdi.
Manba: MOQ
Fikrlar