
Velosport. Vakillarimiz jahon chempionatida ishtirok etmoqda
Avstraliyaning Vullongong shahrida velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.
Manbaga ko‘ra, musobaqada dastlabki medallar jamlanmasi erkaklar va ayollar o‘rtasidagi shaxsiy vaqt poygasida o‘ynaldi. Unda ishtirok etgan Olga Zabelinskaya 34.2 km masofaga kechgan bahsda 19-natijani qayd etdi.
Chempionat doirasida Zabelinskaya hamda Yanina Kuskova 24 sentyabr, Murodjon Xolmurodov esa 25 sentyabr kuni guruh poygasida medallar uchun kurash olib boradi.
Fikrlar