
Velosport. Bugun Frantsiyada trek bo‘yicha jahon chempionati boshlanadi
Bugun Frantsiya poytaxtida velosportning trek yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempionati start oladi. 16 oktyabrga qadar davom etadigan musobaqada terma jamoamiz katta tarkibda ishtirok etadi.
Bahslarga Parij-2024 Olimpiadasiga mezbonlik qiladigan “Milliy velodrom” arenasi mezbonlik qiladi. Reglamentga ko‘ra, bugun erkaklar va ayollar o‘rtasidagi jamoaviy poyga bilan dunyo birinchiligiga start beriladi. Bugun quyidagi sportchilarimiz yurtimiz sharafini himoya qilishadi:
Erkaklar: Aleksey Fomovskiy, Dmitriy Bocharov, Daniil Evdokimov, Edem Eminov, Vladislav Troman.
Ayollar: Yanina Kuskova, Sofiya Karimova, Margarita Misyurina, Madina Qahhorova, Nafosat Kozieva.
Fikrlar