Velosport bo‘yicha Osiyo chempionatida dastlabki medal qo‘lga kiritildi
Xabar berganimizdek, Toshkentda velosport bo‘yicha Osiyo chempionati davom etmoqda. Bugun musobaqaning ikkinchi kun doirasida terma jamoamiz o‘zining dastlabki medalini qo‘lga kiritdi.
Kunning birinchi yarmida 20 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasida sprint poygasi o‘tkazilib, unda starta chiqqan hamyurtimiz Yanina Kuskova ikkinchi natijani qayd etdi. Hamyurtimiz 20 kilometrli masofani 30 daqiqayu 5 soniyada bosib o‘tdi. Bu haqida MOQ xabar bermoqda. Batafsil:
Velosport bo‘yicha Osiyo chempionati. Yoshlar
Sprint, 20 km. Qizlar.
1. Ulyana Suxorebrik (Qozog‘iston) – 29:59.05
2. Yanina Kuskova (O‘zbekiston) – 30:05.27
3. Sze Vin Li (Gongkong) – 30:24.65



Fikrlar