
Vaskes: "Biz g‘alabaga chanqoq edik"
"Real Madrid" futbolchisi Lukas Vaskes "Atletiko"ga qarshi 1/8 final javob bellashuvidan so‘ng muhim g‘alaba va o‘yin haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Bugun muhim bo‘lgan yagona narsa - keyingi bosqichga yo‘l olish. Biz qisman yaxshiroq edik. Jamoa bilan birga, so‘nggi daqiqalargacha muvaffaqiyatga erishish istagimiz borligini namoyish etdik. Tan olishim kerak, ular bu g‘alabaga chanqoq va loyiq edilar.
La Ligada biz uchun ajoyib imkoniyat bor, hali hech narsa yakunlanmagan. Chempionlar ligasida esa keyingi bosqichga yo‘l oldik va kubokni boshimiz uzra ko‘tarishni maqsad qildik” - deya o‘z fikrlarini bildirdi ispaniyalik o‘yinchi.
Ma’lumot o‘rnida, Lukas kechagi bahsning 65-daqiqasida Luka Modrich o‘rniga maydonga tushdi. Penaltilar seriyasida esa o‘z imkoniyatidan foydalana olmadi.
Fikrlar