
Van Persi nega "Arsenal"dan ketgan edi?
"Arsenal" klubi sobiq hujumchisi Robin van Persi nega 2012 yil “kanonirlar” safini tark etib "Manchester Yunayted"ga o‘tganini aytdi. Bu haqda Goal nashri xabar bermoqda.
“Menga yangi shartnoma taklif qilishmadi. Farzandlarimni o‘rtaga qo‘yib qasam ichaman. Agar kimdir buning teskarisini isbotlasa, million evro to‘layman. “Arsenal” rahbariyati men bilan shartnomani uzaytirmaslikka qaror qildi va shu bois menda turli fikrlar paydo bo‘la boshladi. Men esa shundan so‘ng kelajagim haqida qayg‘urishim kerakligini anglab etdim”, - deydi gollandiyalik sobiq futbolchi.
Van Persi 2004-2012 yillarda “Arsenal” sharafini himoya qilgan.
Fikrlar