
Van Deyk o‘ziga qarshi o‘ynagan eng qiyin futbolchilarni sanadi. Ro‘yxatda Messi bor, Ronaldu yo‘q!
"Liverpul" klubi va Niderlandiya terma jamoasi himoyachisi Virjil van Deyk o‘ziga qarshi o‘ynagan eng qiyin futbolchilarni sanadi. Qizig‘i, ro‘yxatda Lionel Messini ko‘rish mumkin. Lekin Krishtianu Ronaldu van Deykning qiyin raqiblariga sirasiga kiritilmadi.
"Albatta, Lionel Messini aytgan bo‘lardim. U juda qiyin raqib. Xoland ham alohida e’tirofga munosib, u zamonaviy hujumchi va oddiy xatoni ham kechirib o‘tirmaydigan darajada beshafqat strayker.
Aguero ham bu ro‘yxatda bo‘lishi kerak. "Sautgempton"da o‘ynab yurgan paytlarim u doim xavf yaratib turardi. Chap va o‘ng oyoqlari bilan o‘ynay olishi esa Serxioni yanada qo‘rqinchli qilardi.
Shuningdek, Olive Jiruni ham eslab o‘tish lozim. U Azar bilan "Chelsi"da o‘ynagan vaqtlarda ajoyib gollar urishni uddalardi. Men uni bu holatdan gol ura olmaydi, deb turganimda, Olive darvozamizni ishg‘ol qilib ketardi", - dedi niderlandiyalik himoyachi.
Fikrlar