Van Deyk oldiga bugundan yangi maqsadlar qo‘ydi

  • 10 dekabr, 2022, 10:47
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Virjil van Deyk JCh-2022 1/4 finalida Niderlandiyaning Argentinadan uchralgan mag‘lubiyati haqida gapirdi (2:2, 3:4 pen.).

Tecno

"Men bundan juda ham xafaman. Ammo hayotda bunday pallalar ham sodir bo‘lib turishi kerak. Muhimi, ularga nisbatan sizning reaktsiyangiz. Bir muddat tushkunlik meni tark etmasligini bilaman. Ammo tez orada men oilamni ko‘raman va yana yaxshi narsalarni o‘ylashga harakat qilaman.

Endi butun jamoa Evropa chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritish haqida o‘ylaydi, shuningdek, yozda bizni Millatlar Ligasi finali ham kutib turibdi. Keling, ushbu turnirlar haqida o‘ylaymiz.

Mateu Laosning hakamlik bo‘yicha qarorlariga fikr bildirib o‘tirmoqchimasman", - dedi Niderlandiya terma jamoasi himoyachisi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!