Van de Bekning "Real"ga transferi nega barbod bo‘ldi?

  • 3 sentabr, 2020, 13:13
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kecha “Ayaks”dan “Manchester Yunayted”ga ko‘chib o‘tgan yarim himoyachi Donni van de Bekning agenti Shak Svart nima sababdan mijozi “Real”ga o‘tmaganini aytdi.

Tecno

Uning so‘zlariga ko‘ra, van de Bek “Real” bilan mart oyidayoq kelishuvga erishgan, ammo yuzaga kelgan pandemiya “Qirollik klubi”ning rejalarini o‘zgartirib yuborgan. Natijada “Real” qimmat transferlardan voz kechgan va shu sababli gollandiyalik futbolchini MYu sotib olgan.

Aytish kerakki, van de Bekka “Real”dan tashqari "Barselona", "Yuventus" va "Arsenal" klublari ham xaridor bo‘lgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!