
Valentina Shevchenko: "Hisob 3-2 mening foydamga deb o‘ylayman"
Bugun tongda "UFC Fight Night 227" turniri bo‘lib o‘tdi. Markaziy jangda super engil vazn (56,7 kg)toifasi amaldagi chempioni Aleksa Grasso (16-3-1) va sobiq chempion Valentina Shevchenko (23-4-1) revansh jangida kuch sinashdi. To‘liq o‘tgan jangda hakamlar durang qayd etishdi. Bu natijaga Shevchenko quyidagi tarzda munosabat bildirdi. U o‘z g‘alabasiga ishonmoqda.
"Hisob 3-2 mening foydamga deb o‘ylayman. Ammo hakamlar Meksika mustaqilligi kuni sababli bosim his etdi nazarimda, shuning uchun unga yana bir raundni unga berib yuborishdi. Murosasiz jangni kutgandim va uni oldim. Biz ochiq jang qildik. Adolatli jangda men yutgan bo‘lardim",- dedi Valentina.
Eslatib o‘tamiz, ularning 1-jangida Grasso bo‘g‘ish uslubi bilan zafar quchgandi.
Fikrlar