"Valensiya" "Milan" futbolchisi uchun kurashga qo‘shildi

  • 18 yanvar, 2020, 12:20
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Milan" yarim himoyachisi Suso qishgi transfer oynasi vaqtida La Ligaga qaytishi mumkin.

Tecno

Futbolchi Ispaniya chempionatining 2013/2014 yildagi mavsumini "Almeriya" tarkibida o‘tkazgan edi. Shundan so‘ng u Milan shaxri klubiga yo‘l olgan.

Football Italia nashriga ko‘ra, oldinroq, futbolchi uchun La Liganing "Atletiko", "Xetafe" va A Seriyaning "Roma" klublari ham da’vogarlik qilayotgan edi.

Endi esa "Valensiya" ham futbolchi uchun kurashga qo‘shildi va "Milan" mutasaddilari bilan 26 yoshli ispaniyalikning transferi masalasida a’loqaga chiqqan.

Eslatib o‘tamiz, futbolchi va A Seriya klubi o‘rtasidagi amaldagi kelishuv 2022-yil iyun oyigacha amal qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!