"Valensiya" Cherishev va Suaresdan birini tanlaydi

  • 23 iyun, 2019, 10:26
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Valensiya" klubi rahbariyati tarkibni kuchaytirish bo‘yicha bir qator ishlarni amalga oshirmoqchi.

Tecno

Marca nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “ko‘rshapalaklar” jamoaning markaziy chizig‘ini kuchaytirish uchun 2 nafar futbolchi nomzodini ko‘rib chiqishmoqda. Biri, o‘tgan mavsum jamoada ijara asosida o‘ynagan "Vilyarreal" yarim himoyachisi Denis Cherishev, ikkinchisi "Barselona" xavbeki Denis Suaresdir.

Ta’kidlash kerakki, kataloniyaliklar Suaresni 15 mln evroga baholashmoqda, “sariq suv osti kemasi” esa rossiyalik futbolchi uchun 9 mln evro so‘ramoqda. “Valensiya” esa ularning qay birini sotib olishidan qat’iy nazar narxlarni tushirishga harakat qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!