Valdano: “‘Real" uchun omadsiz qur’a, "Barsa" uchun esa qulay yo‘l”

  • 29 avgust, 04:29
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real Madrid" sobiq hujumchisi va murabbiyi Xorxe Valdano Chempionlar ligasi qur’asi haqida o‘z fikrini bildirdi. Uning ta’kidlashicha, "Barselona"ga tushgan jadval "Real"nikidan engilroq.

Tecno

"Real" uchun qur’a omadli bo‘lmadi. Qiyinchiliklar hatto engilroq ko‘rinadigan o‘yinlarda ham bo‘ladi. "Barsa"ning holati ancha yaxshi, ammo bunday jadvalda hech bir jamoa dam olishga haqqi yo‘q. Qur’a har bir klub uchun muhim — olingan raqiblar tayyorgarlikka ham ta’sir ko‘rsatadi.

"Real"ga esa Olmaotaga borishga to‘g‘ri keladi. Masofa jihatidan bu Nyu-Yorkka safar qilish bilan tengdosh, balki undan ham uzoq", — dedi Valdano "Movistar" efirida.

Qur’a natijalariga ko‘ra, "Real" uyda "Manchester Siti", "Yuventus", "Marsel" va "Monako"ga qarshi bahs olib boradi. Safarda esa "Liverpul", "Benfika", "Olimpiakos" va Qozog‘istonning "Qayrat" jamoalariga qarshi o‘ynaydi.

"Barselona" esa o‘z maydonida PSJ, "Ayntraxt", "Olimpiakos" va "Kopengagen" bilan to‘qnash keladi. Safar bahslarida esa katalonlar "Chelsi", "Bryugge", "Slaviya Praga" va "Nyukasl"ga qarshi maydonga tushadi.

Ma’lumot uchun, Madriddan Olmaotagacha masofa taxminan 6 440 kilometr, Nyu-Yorkkacha esa 5 770 kilometrni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!