
Vadim Abramov Saudiya Arabistoni va Falastinga qarshi o‘yinlar oldidan 4 futbolchiga javob berib yubordi
Bilasiz, ayni paytda O‘zbekiston milliy terma jamoasi poytaxtimizda yig‘in o‘tkazmoqda. Qirg‘izistonga bilan o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvidan so‘ng terma jamoa ixtiyorini bir necha futbolchi tark etdi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.
Sharof Muhiddinov va Abrorbek Ismoilov Olimpiya terma jamoasi bilan birga BAAga xalqaro turnirga yo‘l olishdi. Shuningdek, sal avval Azizjon G‘aniev ham olimpiyachilar safiga borib qo‘shilgan edi.
Akbar Ismatullaev, Sardor Mirzaev, Sanjar Shoahmedov va Humoyun Murtozaev esa o‘z klublariga yo‘l olishdi.
Fikrlar