Vadim Abramov: O‘ylashimcha, hammasi to‘g‘ri bo‘ldi

  • 1 mart, 2020, 17:47
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

«Surxon» - «Bunyodkor» (1:3) uchrashuvidan keyin mehmonlar ustozi Vadim Abramov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Tecno

- «Surxon» jamoasining ustunlik tomonlari standart vaziyatlardan foydalanish edi. Bugun ham shu jihat bo‘yicha bosim uyushtirishdi. Lekin yigitlar bu bosimni qiyinchiliksiz bartaraf etishdi. Ikkinchi bo‘limda gollar urdik. O‘ylashimcha, hammasi to‘g‘ri bo‘ldi. Chunki tanaffusdan so‘ng ustunlikka ega bo‘ldik va bundan foydalandik. To‘pni nazorat qilib, qarshi hujumdan ham gol ura oldik. 

«Surxon» tarkibida tajribali futbolchilar bor. Ular futbolni qanday o‘ynash kerakligini juda yaxshi bilishadi. Aytganimdek, standart vaziyatlarda bizga bosim uyushtirishga harakat qilishdi. Qisqasi, «Surxon» yaxshi jamoa. Mavsum endigina boshlandi. Hali hamma narsa bo‘lishi mumkin, - dedi Vadim Abramov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!