
Uzchess Cup 2025: 7-tur bahslari yakunlandi!
Shu kunlarda umumiy mukofot jamg‘armasi 121 500 AQSh dollarini tashkil etgan "Uzchess Cup 2025" musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda.
Ikkinchi bor o‘tkazilayotgan nufuzli musobaqada dunyoning 15 mamlakatidan jami 170 nafarga yaqin shaxmatchilari ishtirok etishmoqda.
Musobaqaning umumiy mukofot jamg‘armasi 121 500 AQSh dollarini tashkil etadi. Bunda "Masters" guruhiga 80 000 AQSh dollari, "Challengers" 25 000 AQSh dollari, "Futures"- 11 500 AQSh dollari hamda "Open" guruhiga 5 000 AQSh dollari ajratilgan.
Kecha ham shaxmat muxlislari yana bir esda qolarli turga guvoh bo‘lishdi — g‘alaba qozonganlar o‘zlarining yorqin o‘yinlarini namoyish qilishdi, durang bo‘lgan bahslar ham qizg‘in kechdi.
Nodirbek Abdusattorov 1–0 Parham Maghsoodloo
Nodirbek Abdusattorov bugun juda ishonchli va tashabbuskor o‘ynadi. Maghsoodloo o‘yinning o‘rtalariga kelib tashabbusni boy berib, Abdusattorovning bosimiga bardosh bera olmadi — natijada, Nodirbek chiroyli g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Shamsiddin Vokhidov 0,5-0,5 Nodirbek Yakubboev
Vokhidov va Yakubboev o‘rtasidagi partiyada har ikki tomon juda puxta harakat qildi. Yakunda hech bir shaxmatchi ustunlikka erisha olmadi va uzoq kechgan bahs durang bilan nihoyalandi.
Javokhir Sindarov 1–0 Aravindh Chithambaram
Javokhir Sindarov o‘ziga xos aniq reja bilan o‘ynab, Aravindh Chithambaramning himoyasini yorib o‘tdi. Keskin va shiddatli o‘yinda Sindarov raqibini mag‘lub etib, turnir jadvalida yuqoriga ko‘tarildi.
Richard Rapport 0,5-0,5 Arjun Erigaisi
Richard Rapport va Arjun Erigaisi o‘rtasidagi bahs juda teng kechdi. Tomonlar har bir yurishni chuqur o‘ylab o‘ynashdi, biroq hech kim yaqqol ustunlikka erishmadi — natijada, o‘yin durang bilan yakun topdi.
7-tur shaxmatning yuksak darajasini namoyon etdi. Turnirning keyingi bosqichlaridagi har bir ochko nihoyatda muhim bo‘lib— intriga tobora qizib bormoqda!
8-tur bahslari bugun 15:00 da boshlanadi.
Fikrlar