Urugvay terma jamoasining Amerika kubogida ishtirok etadigan tarkibi e’lon qilindi

  • 31 may, 2019, 09:11
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Urugvay terma jamoasi bosh murabbiyi Oskar Tabares yana bir necha kunlardan so‘ng start oladigan Amerika kubogi-2019 musobaqasi uchun qaydnomani e’lon qildi.

Tecno

Darvozabonlar: Fernando Muslera ("Galatasaray"), Martin Kampanya ("Independente"), Martin Silva ("Libertad").

Himoyachilar: Diego Godin , Xose Ximenes (ikkalasi - "Atletiko"), Sebastyan Koates ("Sporting"), Martin Kaseres ("Yuventus"), Jovanni Gonsales ("Penyarol"), Marselo Sarakki ("RB Leyptsig").

yarim himoyachilar: Diego Laksalt ("Milan"), Matias Vesino ("Inter"), Rodrigo Bentankur ("Yuventus"), Lukas Torreyra ("Arsenal"), Naitan Nandes ("Boka Xuniors"), Federiko Valverde ("Real"), Nikolas Lodeyro ("Sietl"), Jorjian De Arraskaeta ("Flamengo").

Hujumchilar: Luis Suares ("Barselona"), Edinson Kavani (PSJ), Kristian Stuani ("Jirona"), Maksi Gomes ("Selta"), Xonatan Rodriges ("Santos"), Gaston Pereyro (PSV).

Eslatib o‘tamiz, bu safargi qit’a birinchiiligi 14 iyunda boshlanib 7 iyulga qadar davom etadi. Urugvayliklar esa Ekvador, Yaponiya va Chili terma jamoalari bilan bir guruhdan joy olishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!