
Uni haydab xato qilmang! Gvardiola raqib jamoadagi hamkasbini himoya qilmoqda
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Angliya ligasi kubogi uchrashuvida “Arsenal”ni 4:1 hisobida mag‘lub etganidan keyin, raqib bosh murabbiyi Mikel Artetani himoya qilib chiqdi.
- Artetani bo‘shatish katta xato bo‘ladi. Unga ishonishda davom etish kerak. Albatta, natijalarga qaraladi. Lekin men Mikelni uzoq yillardan beri bilaman va u saviyali murabbiy ekaniga ishonaman. U “Arsenal”ni qabul qilib olganiga ko‘p bo‘lgani yo‘q va unga imkoniyat berish lozim. O‘tgan mavsumda ikkita sovrinni yutganini unutmang, - dedi Gvardiola.
Arteta “kanonirlar”ni o‘tgan yilning yarmidan boshqara boshladi. Jamoa uning qo‘l ostida Angliya kubogi va superkubogini qo‘lga kiritdi. Yangi mavsumda esa “to‘pchilar”ning o‘yini qovushmayapti.
Fikrlar