Umar Nurmagomedov: “Islom Maxachev har bir jangga bir nechta reja bilan chiqadi”
Rossiyalik Umar Nurmagomedov vatandoshi Islom Maxachevning ayni damdagi holati va Jek Della Maddalenaga qarshi jangga tayyorgarligi haqida gapirdi.
“Islom ajoyib formada. U juda aqlli jangchi. Men uni uzoq vaqtdan beri bilaman — u hech qachon jangga bitta reja bilan chiqmaydi. Unda har doim A, B, V va hatto undan ham ko‘proq variantlar bo‘ladi. Agar bir usul ishlamasa, darhol boshqasini qo‘llaydi. U har qanday holatga tayyor. Shuningdek, Maxachev ajoyib do‘st va birodar hamdir. Men ishonaman, u Maddalenani mag‘lub etib, kamarni qo‘lga kiritadi”, — dedi Umar "MMA Junkie" ga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Islom (27-1) 16 noyabr kuni "UFC 322" turnirida Jek Maddalena(18-2)ga qarshi oktagonga ko‘tariladi.



Fikrlar