
Ulug‘bek Baqoev: Qo‘shimcha daqiqalarda gol o‘tkazib yuborish alamli bo‘ldi
O‘zbekiston Kubogining chorak finalidan o‘rin olgan «So‘g‘diyona» - «Bunyodkor» (1:2) uchrashuvidan keyin mezbonlar ustozi Ulug‘bek Baqoev o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Uchrashuv har ikkala jamoaning hujumlari ostida o‘tdi. Biz ham «Bunyodkor» ham navbati bilan hujumlar uyushtirdi. Qo‘shimcha daqiqalarda gol o‘tkazib yuborish albatta alam qiladi. Lekin bu - futbol! Bu bilan hayot to‘xtab qolmaydi. Bugungi o‘yinda qo‘llab-quvvatlab turgani uchun muxlislarga minnatdorchilik bildiraman! «Bunyodkor»ga keyin bahslarda omad tilayman", - deb Baqoevning so‘zlarini keltirib o‘tdi "Bunyodkor" matbuot xizmati.
Fikrlar